Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri etib tasdiqlandi

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri etib tasdiqlandi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati 14-dekabr, chorshanba kuni qo‘shma majlis o‘tkazdi. Unda saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod keltirdi va lavozimiga kirishdi.

Majlisda, shuningdek, mamlakatning yangi bosh vazirini tayinlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlament ko‘rib chiqishi uchun hozirda bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi.

Abdulla Aripov deputatlar va senatorlarga hukumatning yaqin muddat hamda istiqboldagi harakat dasturini taqdim etdi.

Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari Abdulla Aripov nomzodini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etgandi.

Konstitutsiyaga binoan, O‘zbekiston bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 14.12.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

iOS 11 operatsion tizimida xato topildi
Viktoriya Bonya Burak Ozchivit oilasini buzishiga bir baxya qoldi...
Bolaning nutqini qanday o‘stirish kerak? 3 oddiy qadam
Ishda qattiq charchaganingizda, qanday qilib bir lahzada quvvat olish mumkin?
Shifokorlar qaysi kasblar saratonni keltirib chiqarishini aniqladi
Nega samolyotlarda aviafalokatlar holatida parashyutlar berilmaydi?
Messi va Ronaldu kimlarga ovoz bergan?
Qaysi mamlakatlarda haligacha armiyaga chaqiruv e`lon qilinadi?
Qanday qilib hech narsani unutmasdan va faol yashash mumkin?
Janubiy Koreya kompaniyasi Wi-Fi’da tezlik bo'yicha inqilob qilmoqchi
Bugun bo‘lib o‘tadigan The Best Football Awards marosimida FIFA kimlarni taqdirlaydi?
Isroilda yahudiy qizlarga ko‘ngil qo‘ygan arablarni ta’qib etishda gumon qilingan 15 kishi qo‘lga olindi
Turkmaniston prezidenti otda qurilish ob`yektlarini ko'zdan kechirdi
Alisher Usmonovning qarz o'rniga undirilgan sobiq yaxtasi sotildi
Dam olish kuni yo'l qo'yiladigan 11 xato
Ko'ngil ayniganda nima qilish kerakligiga doir 12 tavsiya
“Sumerki”da rol ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor Alixan gonorari, rollari va oilasi haqida
MRB direktori: Kim Chen In to‘satdan g‘oyib bo‘lsa, buni bizdan so‘ramang
Amerikalik sayyoh O'zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo'lishdi
Google'ning Puerto-Rikodagi internet tarqatuvchi havo sharlari (foto)
"Titanik" yo'lovchisining maktubi rekord qiymatga sotildi
Ispaniya Bosh vaziri Kataloniya mustaqilligiga nuqta qo'ymoqchi
Bundan buyon Xitoyda har yili 15 million yangi ishchi o'rni yaratilishi lozim
Buxoroda konditsionerli avtobus bekatlari paydo bo‘ldi
“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi
Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi
Yakkasaroy hokimiyati o'z binosini Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo'shatib beradi
O'zbek shou-biznes vakillari paxta terishmoqda! (Foto)
Mavsumiy kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar
“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi