У нас есть только
оригинальные песни

Abdulla Aripov raisligida videoselektor o'tkaziladi, unda MXX boshliqlari ham ishtirok etadi

calendar 26.02.2018
918

Bugun, 26 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig'ilishi o'tkaziladi. Yig'ilish soat 19:00da boshlanadi.

«Kun.uz» manbasi ma`lumotiga ko'ra, yig'ilishda «Navro'z» umumxalq bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va bayram tadbirlarini o'tkazishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 fevraldagi PQ-3555-son qarorida belgilangan talablarning bajarilishi bilan bog'liq tashkiliy muhokama qilinadi.

Unda shahar, tuman hokimlari va ularning o'rinbosarlari, prokurorlar, MXX boshliqlari, IIB, YoXB, DSI, DSENM, SSB, FVB, madaniyat va mudofaa bo'limlari boshliqlari, Yoshlar ittifoqi, kommunal soha, ta`lim muassasalari rahbarlari, «Mahalla» va «Nuroniy» jamoat fondlari raislari, OAV, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

Яндекс.Метрика