У нас есть только
оригинальные песни

Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasiga bag‘ishlab, uning hamkasb do‘sti Muslimbek Yo‘ldoshev kitob yozdi

calendar 16.12.2016
1684

Taniqli suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasiga bag‘ishlab, uning hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshev “Mo‘minga begona bahor” kitobini yozib tugatdi. Bu haqda uning o‘zi Facebook sahifasida ma’lum qildi.

“Ko‘z ochib yumguncha bir yil ham o‘tib ketibdi!.. Do‘stim Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasi hurmati erta bahorda ‘Mo‘minga begona bahor’ kitobi ustida ish boshlagan edim, mana, u bitib, muxlislarga taqdim etishga muyassar bo‘lib turibmiz”, — deb yozadi suxandon.

Ta’kidlanishicha, kitob taqdimoti va xotira kechasi 23-dekabr soat 15.00 da Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada bo‘lib o‘tadi.

Kirish erkin. Bironta hujjat bilan kelish kerak.

Abdumo‘min O‘tbosarov vafot etgani 2016-yil 1-yanvar kuni ma’lum bo‘lgan edi. Tomoshabinlar Abdumo‘min O‘tbosarovni oynai jahonda so‘nggi bora 2015-yil 31-dekabr kuni efirda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tabrigini o‘qib eshittirganida ko‘rgan edi.

Яндекс.Метрика