У нас есть только
оригинальные песни

Abiturientlar diqqatiga: ruhiy bosimdan chiqib ketishning eng sodda yo'llari

calendar 26.07.2015
2335

1 avgustning qanday kun ekanligini umrida bir marta bo'lsada abiturient bo'lgan kishi yaxshi tushunadi. Ertalabdan jamoat transportlari to'la, shahar xuddi katta bozorga aylanib qolgandek barcha qayoqqadir shoshgan, hayajonlangan,butun borlig'ini unutgan. Soat tongi to'qqizdan keyin esa, xuddi katta bir dastur o'chirib qo'yilganidek atrof sukunat quyniga g'arq bo'ladi. Imtihonlar boshlanadi. Test topshirayotgan abiturientgina vaqtning qanday tez o'tganini yaxshi his qiladi. Uning uchun imtihon uchun ajratilgan uch soat uch daqiqadek tuyuladi.Xullas bularning bari ruhiy bosimni keltirib chiqaradi va irodasi sustroq, hayajonga beriluvchan abiturientni ketma-ket xatolar qilishiga sabab bo'ladi. Aql bilan ruhiyat har doim ham uyg'unlashavermagan. Ular har doim insonni mustaqil boshqarishga harakat qilib kelishgan. Hissiyotga berilgan aqlini, aqliga quloq solgan hislarini boy berganini hayot yo'llarining turli bekatlarida guvoh bo'lganmiz.Imtihonlarga tayyorlanishayotgan, shundoq ham vaqtlari tig'iz abiturientlarning vaqtini olmagan holda ruhiy quvvat bo'la oladigan eng yaxshi besh maslahatni ularga ilinishni lozim topdik.

1. Miyangizdagi "ZOOM”ni o'chirib qo'ying
1 avgust kuni tong sahardan uyg'onganizdan barcha narsa ko'zingizga ikki-uch baravar yiriklashgandek tuyuladi. Hayajon, tashvish ham shular jumlasidandir. Ular odamni ezib qo'yadi. Bunga miyadagi ba'zi bir funktsiyalar sababchi. Ularni batamom uzib qo'yish uchun o'zingizni chalg'itishga, kayfiyatni barqarorlashtiradigan narsalarga e'tibor qaratishga harakat qiling. Ko'pchilik kayfiyatni ko'taradigan narsalar bilan kayfiyatni barqarorlashtiradigan narsalarning unchalik farqiga bormaydi. Kayfiyat zumda ko'tarilishi, zumda tushishi mumkin. Ammo u barqaror bo'lsa, uncha-buncha narsa uni o'zgartira olmaydi.1 avgust kuni tong sahar turing, muzdekroq suvda yuvining va tahorat oling. Endi bo'zarib kelayotgan osmonga qarab, butun koinot haqida bir zum tafakkur yuriting. U tinimsiz harakatda, murakkab harakatda. Sizning imtihoningiz uning oldida hech gapmas. Bu haqda o'ylab qalbiningiz biroz to'lqinlanganini sezsangiz, duoga qo'l ochib, Yaratgandan yaxshilik tilang. O'qishga kirishingizni emas, balki yaxshilik tilang. Bu ikki tilak o'rtasida osmon bilan ercha farq bor.

2. Siz yakkamaxov emassiz
Ko'chaga chiqqaningizda xuddi odamlar sizni ajratib qo'yishgandek, jamiyatda o'rningiz yo'q odamdek bir chetda xumrayib yurmang. Atrofga tabassum bilan boqing. Qarang, qanday chiroyli ko'chalar, go'zal binolar, istarali chehralar...
Yon-atrofningizdagilarga qo'ldan kelgancha, albatta, salom bering. Buning kuchini imtihonda o'tirganingizda his etasiz.

3. Xayolingizdagi panoramani o'zgartiring
Bu panoramaning asosiy vazifasi sizni vahimaga solish bo'ladi. "Kira olmasang nima bo'ladi”, "Sendan zo'rlari ham bor...”, "Bilimi etarmikan?..”. bularning bari o'sha buzilib qolgan panoramaning ishi. Uni darrov to'g'irlang. Qanday deysizmi? O'zingizga o'zingiz xammasi yaxshi bo'lishini uqdiring. Kino ko'rishni yoqtirasizmi? Yoki badiiy kitob? Ulardagi qahramonlar obraziga kiring. Xuddi o'sha insonga aylaning. Barchasi a'lo bo'ladi.

4. Uzun va kerakli orzularga aslo berilmang
Bu eng chalg'ituvchi narsadir. Oliy o'quv yurtini, shaharni, qizlar yoki yigitlarni ko'rib hech qachon ha, hech qachon keraksiz orzularga berilmang. Ya'ni, talaba bo'lsam maza qilib yuraman, kafe, kino, qarindosh-urug', mahalla-kuy oldida obro'yim oshadi, kabi bema'ni fikrlar sizni omadsizlik sari yuzlantiradi, maqsadinigizdan chalg'itadi. Bir qoida borki, Еr sayyorasi yaralgandan beri amalda: "Inson niyatiga qarab maqsadiga etadi, amaliga qarab emas”. Shu bois niyatni to'g'irlang. Oldingizga oliy maqsadlarni qo'ying.

5. Barcha unutgan oltin qoida
Payg'ambarimiz s.a.v hadislarida shunday gap keladi: "Bismillahsiz boshlangan har bir ishning oxiri kesikdir”.Bu rivoyat yoki hikoyat emas, bu ayni haqiqat. Bu diniy ta'limot emas, bu ota-bobolarimiz qo'llab kelgan milliy qadriyatdir. Unga shunchaki ishonish kerak, amal qilish kerak xolos.P.S: Hurmatli abiturient! Orzularingiz ro'yobga chiqib, talaba bo'lishingizni bizning ijodiy jamoa chin yurakdan istab qoladi. Vatanga, jamiyatga nafi tegadigan inson bo'lib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Яндекс.Метрика