loading...

 

Abiturientlar uchun eng foydali maslahatlar

Sanoqli oylardan keyin oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi. Ayni paytlarda esa aksariyat abiturientlar bilim olish, maktab va kollejlarda egallagan bilimlarini takrorlashga qattiq kirishgan. Kimdir repetitor yollab, mashg'ulotlarga qatnayotgan bo'lsa, kimdir mustaqil shug'ullanmoqda. Uztest.uz sayti abiturientlarga imtihonga tayyorgarlik bo'yicha bir qator foydali tavsiyalarni ishlab chiqdi. Ularga rioya qilish tayyorgarlik, bilimlarni sinovdan o'tkazish va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi. Demak, bo'lg'usi talabalar e'tibor qaratishi lozim bo'lgan tavsiyalar quyidagilardan iborat.

Vaqtingizdan unumli foydalaning

Ayrim abiturientlar imtihon boshlanishiga bir kun qolganda: “Qaniydi yana bir hafta vaqt berilsayu yaxshilab takrorlab olsam”, deb orzu qiladi. Bunday holga tushib qolmaslik uchun sinovlarga vaqt borida tayyorgarlik ko'rib borish kerak. Buning uchun vaqtingizni samarali taqsimlab chiqing. Har xil foydasiz mashg'ulotlar, “Odnoklassniki”, “Feysbuk” yoki Telegram uchun qimmatli vaqtingizni isrof qilmang.

Miyaga zo'riqish beradigan ortiqcha axborotlardan xalos bo'lishga harakat qiling. Buning eng to'g'ri yo'li — ijtimoiy tarmoqlar, do'stlar bilan uchrashuv va suhbatlardan imtihongacha uzoqlashish. Agarda bu qo'lingizdan kelmasa, sevimli resurslarga kiradigan vaqtingizni cheklang — kuniga 10-20 daqiqadan oshmasin. Aks holda ulgurmasligingiz mumkin.

To'g'ri ovqatlaning

Unutmang, miyaning yaxshi ishlashi uchun unga etarli miqdorda suyuqlik kerak. Shuning uchun doimo o'qiyotgan vaqtda oldingizda ichishga suv yoki ko'k choy bo'lsin.
Shifokorlar abiturientlar ertalabki nonushtaga katta e'tibor qaratishi kerakligini uqtiradi. Ertalabki ovqat kishiga kun davomidagi zarur energiyani beradi. Ertalab organizm “uyqudan uyg'onishi” uchun bir stakan suv iching, oradan qanchadir vaqt o'tib ovqat eng. Nonushta kletchatka va oqsilga boy bo'lishi shart: suli bo'tqasi (ovsyanaya kasha), tuxum, yog'siz tvorog, pishloq, yong'oq, xo'l va quruq mevalar.
Tushlik va kechki ovqatda V guruhiga mansub vitaminlar va temirga boy mahsulotlar — qizil go'sht va jigar, baliq, yirik maydalangan bug'doy va boshoqli o'simliklar unidan yopilgan non, rangli karam, qo'ziqorinlar koni foyda. Ovqatlanishlar orasida ham engil tamaddi qilib olishni unutmang. Lekin konfet, chips, gazli ichimliklar kabi kimyoviy moddalar qo'shilgan eguliklardan uzoqroq bo'ling, ular o'rniga meva va sabzavotlar iste'mol qiling. Ba'zida qora shokolad eb turing. Uning achchiqrog'ini tanlang — miyaning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi.

O'qishga aql bilan yondashing

Kirish imtihonlariga tayyorgarlik vaqtida katta hajmdagi axborotlar bilan ishlashga to'g'ri keladi, tabiiyki, bu paytda organizm charchaydi. Tayyorgarlik vaqtida qiynalib qolmaslik uchun tanaffus qilib turishni ham unutmang. Har 40-50 daqiqada 10-15 daqiqa dam olish tinimsiz 8 soat o'qigandan ko'proq foyda beradi.
O'qigan narsalarni esga olib turish ham kerak: dastlab mavzuni o'qigandan 15-20 daqiqadan keyin bir esga oling, 8-9 soatdan keyin takrorlang, bir sutkadan keyin yana eslang. Har bir takrorlashda xatolarga diqqat qarating va ularni tahlil qiling. Biror ma'lumotni 2-3 daqiqa davomida eslashga urinib ko'ring, eslolmasangiz, kitobni ochib, o'qib ko'ring.

Mashg'ulotlar turini almashtirib turing

Doimo bitta mashg'ulot bilan band bo'lish odamni zeriktirib, ishtiyoqini so'ndirib qo'yishi mumkin. Shuning uchun uzoq vaqt o'qish yoki ma'ruza eshitishdan keyin toza havoda sayr qilish, yugurish, bir joyda sakrash, so'ngra test yoki mashq echish foydali. Mashg'ulotlar turining almashib turishi miyani tez charchashdan xalos etib, o'qish uchun yangi kuchlarni to'plashga yordam beradi.

Bilimlarni vizuallashtiring

Sxemalar, jadvallar va diagrammalar abiturientning eng yaqin do'stlaridir. Vizual holatda berilgan informatsiya miyada osonroq esda qoladi. Ularni o'zingiz tayyorlasangiz, yanada yaxshi. Chunki bu xotira san'ati – mnemonikaning ayni o'zidir. Vaterloo universiteti (Kanada) olimlarining ta'kidlashicha, chizish — eslab qolishning eng samarali usulidir. Vizual “shpargalka”larni yaratish uchun rangli flomaster va ruchkalardan foydalaning. Ular yordamida eng muhim ma'lumotlarga belgi qo'yib boring.

 


Комментарии (2) | Добавить: 09.06.2016

2. janob_muhammadali (16.07.2016 15:26)
Abiturientlarga omad
1. NURIDDINBEK-Muxtorov (09.06.2016 14:45)
Judayam samarali ma'lumotlar
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
loading...

«Новости»

Samsung Galaxy S8 savdoga chiqadigan sana ma`lum qilindi
To'ydan keyingi muhabbat haqida 10 afsona
Messi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin
Chiqqan qiz chig'iriqdan tashqarimi? Ota-onalarning oilaviy ziddiyatlarga aralashuvi haqida
Ozodbek Nazarbekov Sergelida uy qurayotgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Baxt kaliti qaerda? Yoxud baxti ochilmayotgan qizlar tasnifi
Qovoq eng, shamollamaysiz, anemiya bo'lmaysiz!
Sherali Jo'raevning kliplari Milliy telekanalida namoyish etila boshladi
Sherali Jo'raevning kliplari Milliy telekanalida namoyish etila boshladi
Daewoo va Hyundai Tolimarjon IESni modernizatsiya qilishni yakunladi
Masharipov aybiga iqror bo'ldi
Ramzan Qodirovning shaxsiy qo‘riqchisi otib ketildi
O‘zbekiston aholisi soni 32 mln kishidan oshdi
YouTube’da pul to‘lash orqali translyatsiyalarga izohlarni biriktirish imkoniyati paydo bo‘ldi
Android yaratuvchisi Endi Rubin bu yil modulli smartfon chiqarishi mumkin
Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar
O'zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi
GM Uzbekistan Rossiyada 1,8 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi
Jerar Pike Shakira tufayli “Barselona”ni tark etishi mumkin
Lolaning bo'lajak turmush o'rtog'i Rassiyada yashaydi
Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan
2016 yilda tibbiyot xodimlariga nisbatan 174 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgan
Qirg'izistonda 17 yanvar motam kuni deb e`lon qilinadigan bo'ldi
O'zbekistonda chiroq va gaz masalasiga javobgar amaldor prezidentdan qattiq gap eshitdi