У нас есть только
оригинальные песни

Acer ma'lumotlarni 4.6 Gbit/soniya tezlikda almashish imkoniga ega noutbuk taqdim etdi

calendar 06.01.2016
828

Acer kompaniyasi CES-2016 ko'rgazmasida TravelMate P648 noutbuk taqdim etdi. Noutbuk 60 GGts diapazonida ishlaydigan Wi-Fi 802.11ad standardiga kanalga ega bo'lib, u ma'lumotlarni 4,6 Gbit/soniya tezlikda almashish imkonini beradi. TravelMate P648 ushbu standartga ega ilk noutbuk hisoblanadi.

Bundan tashqari TravelMate P648 14 dyuymli Full HD IPS-displey, oltinchi avlod Core i3, i5 yoki i7 protsessori bilan jihozlangan. Uning og'irligi 1,7 kg, qalinligi 2,12 sm.ni tashkil qiladi.

Shuningdek, noutbuk HDMI-port, 3 ta USB 3.0 porti, 4 GB tezkor hamda 1 TB doimiy xotira, HDR HD-kamera va NFC-modulga ega. U Windows 10 Pro operatsion tizimida ishlaydi.

TravelMate P648 2016 yilning fevral oyidan Xitoyda, apreldan boshlab esa Еvropada sotuvga chiqadi. Uning boshlang'ich narxi Amerikada 800 dollar, boshqa joylarda esa 1000 evroga teng.

Яндекс.Метрика