У нас есть только
оригинальные песни

Achchiq xayot…yoki mani aybim…

calendar 27.02.2012
5094


Ismim Malika yoshim 25 da.15 yoshimda ota onamdan ajralganman xolamni va buvijonimni qo’lida qoldim.Ula mani xech narsadan kam qilishmadi xatto ota onasi bor bolala ham mandek yashamasdi,har doim yangi chiqqan mashina markasini birinchi shaxrimizda man minardim.Shunga yarasha o’rtog’larim,dugonalarim ko’p edi kollejda ham hammani og’zida man edim.Kimni problemasi bo’lsa ham man hal qilib berardim.Xullas ko’cha shevasi bilan aytganda "razborchik”edim.Kim manga gapirsa mazasini qochirardim.keyinchalik ulg’ayib chiroyli qiz bo’ldim.Bolla xushomat qiladigan bo’ldi manga ,Vaqtli telefon ishlatganim uchun ko’p bolla bilan gaplashadigan bo’ldim.Gaplashardim uchrashardim.Bir kuni har doimgdek vecherinkaba bordim mani kolamga nimadur qo’shib berishgan ekan ichib o’zimmi bilmay qoldim.ertalab tursam klubni yotoqxonasidaman.O’rnimdan turin uyimga ketdim.kolamga narkotik modda qushib berishgan ekan man yomon yo’lga kirib qoldim.Bora bora chekadugan bo’lib qoldim.Bor narsamni sotib narkotik moddalarni sotvolardim .Qarindoshlarimmi xonavayron qildim,uydan chiqib ketib alohida yashadim foxishalik qila boshladim.Nima qilib bo’lsa ham anov narkotik moddalarni sotvolish uchun.Bora bora oz miqdordagi moddalarga ko’nikmay qoldim,ko’p ko’p miqdorda qabul qiladigan bo’ldim.Shunga yarasha ko’p pul toppish kere …kasalxonaga tushib qoldim do’xtirla bachadinimmi olib yashlashdi.Endi bir umr farzand ko’ra olmayman xechqachon balki ollohim qilgan gunohlarim uchun jazolagandur.boshida qarindoshlarim aytishdi ,tog’ri yo’lga boshlashdi man qquloq solmadim endigi axvolimga maymunla yig’laydi.Yolg’izman xech kimim yo’q xamma Mandan yuz o’girdi boshim qotgan yashagim kemayapti…Bu o'zimmi aybim bunga faqat o'zim ayibdorman,endi yolg'izlikda sho'ppayib o'tiribman osmonga boqib...
Яндекс.Метрика