У нас есть только
оригинальные песни

Adel albomlari ikki marta “brilliant” maqomini olgan jahondagi uchinchi xonandaga aylandi

calendar 28.09.2016
1271

Britaniyalik xonanda Adelning “25” nomli albomi chiqqaniga bir yil bo‘lmasidan u “brilliant” maqomini oldi hamda Selin Dion va Britni Spirsdan keyin ikkita “brilliant” albom sohibasi bo‘lgan dunyodagi uchinchi xonandaga aylandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

AQSh Ovoz yozish kompaniyalari assotsiatsiyasi (RIAA)ning ma’lumotlariga ko‘ra, Adelning “25” nomli albomi tiraji 2016-yilning 20-sentabri holatiga ko‘ra 10 milliondan oshib ketgan.

Adelning 2011-yilda chiqqan “21” nomli albomi ikki yildan so‘ng “brilliant” maqomiga sazovor bo‘lgan edi.

Avvalroq Adel o‘g‘li tufayli gastrollarni 10 yilga to‘xtatishni xohlayotgani haqida ma’lum bo‘lgandi. Xonanda yaqin orada maktabga boradigan farzandi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchi.

Яндекс.Метрика