У нас есть только
оригинальные песни

Adel va The Weeknd Billboard premiyasi bilan taqdirlandi

calendar 23.05.2016
1095

Britaniyalik xonanda Adel va The Weeknd taxallusli kanadalik ijrochi Billboard musiqiy premiyasiga sazovor bo‘ldi. Mukofot topshirish marosimi Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

The Weeknd sakkizta, Adel esa beshta mukofotga ega bo‘ldi. Xususan, britaniyalik ayol qo‘shiqchi “Eng yaxshi artist” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, turli nominatsiyalardagi mukofotlar Rianna, Jastin Biber, Teylor Svift, One Direction va Walk the Moon’larga topshirildi.

Яндекс.Метрика