У нас есть только
оригинальные песни

Adidas Еvro-2016 turniri uchun ishlab chiqilgan to'pni namoyish qildi

calendar 12.11.2015
2400

Adidas kompaniyasi Frantsiya mezbonlik qiladigan Еvropa chempionati uchun tayyorlagan to'pini namoyish qildi.

Parij shahrida o'tkazilgan taqdimotda frantsiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan tomonidan ommaga ko'rsatilgan ushbu to'plar Beau Jeu («Chiroyli o'yin») nomini olgan.

"Men Еvro-2016 turniri to'pini namoyish qilganimdan faxrlanaman", deya yozgan Zidan o'zInstagramida.

Ushbu to'pda Frantsiya ramzlari bo'lmish ranglar aks etgan: ko'k, oq va qizil. Unda shuningdek, turnir belgisi, "E", "U", "R", "O" harflari hamda "2", "0", "1", "6" raqamlari tushirilgan.

Eslatib o'tamiz, Frantsiyada 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo'lib o'tadigan Еvro-2016 turnirida ilk marta 24 terma jamoa ishtirok etadi.

Яндекс.Метрика