У нас есть только
оригинальные песни

Adidas Germaniya terma jamoasi bilan 800 million evrolik shartnoma imzolaydi

calendar 15.01.2016
1129

Germaniya futbol ittifoqi adidas kompaniyasi tashkilotning homiyligi uchun raqobatda g'olib chiqqan kompaniya nomini ma'lum qildi.

MSN resursida yozilishicha, adidas va Nike kompaniyalari o'rtasidagi raqobatda nemislar kompaniyasi yutib chiqqan va Germaniya terma jamoasiga homiylik qilishda davom etadigan bo'lgan.

Tomonlar o'rtasida imzolanadigan 10 yillik shartnomaga ko'ra adidas Germaniya futbol ittifoqiga 800 million evro to'laydi.

Kelishuv haqida shu yilning bahorida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Adidas va Germaniya futbol ittifoqi o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2018 yilgacha tuzilgandi.

Яндекс.Метрика