Adidas kompaniyasi AQSh Milliy Xokkey Ligasi (MXL) bilan homiylik shartnomasi imzoladi.
Ushbu kelishuv 2017 yildan kuchga kiradi va 7 yil davomida amalda bo'ladi.
Shartnomaga ko'ra, Adidas kompaniyasi MXLdagi barcha jamoalar uchun liboslar etkazib beradi.
Kompaniya bu orqali Reebok o'rnini egallaydi.
Shuningdek, Adidas kompaniyasi xokkey bo'yicha 2016 yilgi jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalarni ham liboslar bilan ta'minlaydi.