У нас есть только
оригинальные песни

Adidas’ning sobiq xo‘jayini xonavayron bo‘lganini ma’lum qildi

calendar 05.12.2015
1504

Adidas kompaniyasi va “Olimpik Marsel” futbol klubining sobiq egasi Bernar Tapi Credit Lyonnais banki boshqaruvidagi konsorsiumga 404 million yevro to‘lash haqidagi sud qarori tufayli xonavayron bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda fransiyalik biznesmen Le Monde gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deya xabar beradi“RBK”.

Bunday katta miqdordagi mablag‘ni to‘lashga qurbi yetishi haqidagi savolga javoban Tapi rasmiylar uni kasodligini e’tirof etib, bor ko‘chmas mulki hisoblangan — 28 yil avval olgan uyini sotishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

Oldinroq fransuz apellyatsiya sudi Tapiga Credit Lyonnais banki boshqaruvidagi moliyaviy konsorsiumga 404 million yevroni qaytarish majburiyatini yuklagandi. Mazkur moliyaviy tizim 1993-yili, Tapi o‘sha paytda o‘ziga tegishli Adidas kompaniyasini sotayotganda tuzilgandi. Kelishuv imzolangandan so‘ng Tapi bankni firibgarlikda ayblagan va keyinchalik 404 million yevro baholangan ziyonni to‘lab berishni talab qilgan.

2013-yilda konsorsium apellyatsiya bergan, fevralda esa yakuniy qaror chiqarilgandi. 3-dekabr  kuni Parij apellyatsiya sudi Tapining shikoyatini rad etdi.

Яндекс.Метрика