O'zbekiston Respublikasi hukumatining 2018 yil 15 fevraldagi qarori bilan 2018-2019 yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va ta`mirlash dasturi tasdiqlandi.
Unga ko'ra, hududiy adliya organlari va ularning tizimida faoliyat ko'rsatuvchi FHDYo organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida respublika bo'yicha jami 36 ta yangi bino qurish belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida ma`lum qilinmoqda.
Xususan, 31 ta FHDYo organi uchun yangi va zamonaviy binolar qurish rejalashtirilgan bo'lsa, 15 ta FHDYo organining binolarini ta`mirlash ko'zda tutilmoqda.
Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun 100 mlrd. so'mdan ortiq mablag'lar ajratildi.