У нас есть только
оригинальные песни

Adliya vazirligida yuridik xizmatlar faoliyatidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi

calendar 28.01.2017
996

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston Prezidentining “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi va yuridik xizmatlar faoliyatidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib.

Anjuman ishtirokchilarining fikricha, davlat organlari yuristlari moddiy ta’minotining yetarli emasligi oliy ma’lumotli va ish tajribasiga ega malakali kadrlarning jalb qilinishiga to‘sqinlik qilgan, yuridik xizmatlar faoliyati sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu quyidagi raqamlarda ham o‘z ifodasini topgan: bugungi kunda davlat idoralarida yuridik xizmatlar shtat birliklari miqdori 3300 dan oshiqni tashkil etadi, amalda faoliyat ko‘rsatayotgan yuristlar soni esa 2600 nafar atrofida.

Davlat rahbari qarorida ham yuridik xizmatlarni tashkil etishda tartibning yo‘qligi va ular shtat birliklarida normativlarning mavjud emasligi ta’kidlab o‘tilgan. Yuridik xizmatlarda huquqlarning amaliyotga mosligini o‘rganish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ishlari olib borilmagan.

Prezidentning yuridik xizmatlar faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi qarori davlat organlarida yuristlar rolini oshiradi. Endilikda buyruqlar, qarorlar, shartnomalar va boshqa hujjatlar loyihalari majburiy tartibda yuridik xizmatlar tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Davlat idoralarida yuridik xizmatlar xodimlarini ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish uchun adliya organlari bilan kelishish shart.

Hujjatda yuridik xizmatlar xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi ham belgilangan. Har chorakda ular sudda yoki sudgacha tartibda davlat organlari foydasiga undirilgan mablag‘ning 5 foizi miqdorida mukofotlanadi. Shuningdek, ularning mansab toifalariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan qo‘shimcha oylik ish haqi belgilanadi.

Яндекс.Метрика