Adobe Flash tarixga aylanadi

Adobe kompaniyasi statsionar shaxsiy kompyuterlar va noutbuklardagi Flash-pleyerlarni qo'llab-quvvatlash 2020 yildan barham topishini e`lon qildi. Ishlab chiqaruvchilarga ko'ra, bu muddat tashkilotlar va saytlarning boshqa dastur yoxud platformaga o'tishlari uchun yetarlidir. 

Ayni vaqtda Chrome va Firefox brauzerlaridagi flash-kontentni qo'llab-quvvatlash to'liq to'xtatilgan. Buning natijasida Flash rolikli saytlarga kirish 2014 yilgi 80 foizlik natijadan joriy 17 foizlik ko'rsatkichga tushib ketgan. Yana 3 yildan so'ng, bu raqam 0 ga teng bo'ladi.
 
Firefox brauzerining flesh-kontentdan voz kechishiga sabab shundaki, undan foydalanuvchi saytlarning g'arazgo'ylar tomonidan buzilish ehtimoli yuqori bo'ladi. Google ayni vaqtda o'zining HTML5 texnologiyasi ustida ishlamoqda. U mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, birmuncha tezroq ishga tushadi va mobil qurilmaning akkumulyatoriga ta`sir ko'rsatmaydi. 


Комментарии (0) | Добавить: 28.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]