У нас есть только
оригинальные песни

Advokat Nurbek To'qtaqunov Qirg'iziston prezidentini sudga berdi

calendar 09.12.2015
1616

“Pretsedent” hamkorlik guruhi direktori, qirg'izistonlik mashhur advokat Nurbek To'qtaqunov mamlakat prezidenti Almazbek Atambaevni nodavlat notijorat tashkilotlarini tanqid qilgani uchun sudga berdi. Bu haqda Qirg'izistonning bir qator onlayn nashrlari yozib chiqdi.

Advokatning ma'lum qilishicha, saylovoldi kampaniyasida xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv chog'ida Atambaev “NNT, siyosatchilar va ayrim siyosiy partiyalar” jazavaga tushayotganini ta'kidlab o'tgan.
Prezident “nohukumat tashkilotlar el orasida bo'linishni keltirib chiqaradi” degani da'vo qilinmoqda. Bundan tashqari, biometrik ma'lumot to'plash siyosatiga qarshi bo'lganlarning “el dushmani” deb atalishini To'qtaqunov o'z sha'niga aytilgan haqorat deb bilmoqda.

Prezident devoni vakillari bu ayblovlar asossizligini ta'kidlamoqda. Bishkekning Pervomayskiy sudi da'voni qachon ko'rib chiqishi noma'lum bo'lib turibdi.
Advokat Nurbek To'qtaqunov 2010 yilda qirg'izistonlik jurnalist va inson huquqlari himoyachisi, etnik o'zbek Azimjon Asqarovni sudda himoya qilgan edi. Shunga qaramay, aslida Jalolobod viloyatida etnik o'zbeklarga qarshi hujumlar va vahshiyliklarni hujjatlashtirgan jurnalist militsiya kapitani Miqtibek Sulaymonovni o'ldirish va etnik ixtilof chiqarishda yolg'on ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Eslatib o'tamiz, joriy yilda AQSh Davlat departamenti hibsdagi Asqarovni “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti bilan taqdirladi.

Shu yilning oktyabr oyida Almazbek Atambaevni “Egemen Qirg'izstan” partiyasi etakchisi Bektur Asanov sudga bergandi.

Яндекс.Метрика