У нас есть только
оригинальные песни

Aeroportlarda olib qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarining taqdiri qanday kechadi?

calendar 28.01.2017
1741

Dunyo bo‘ylab har kuni  ayrim yo‘lovchilar aeroportlardagi bojxona nazoratidan tonnalab taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini olib o‘tishga urinadi. AdMe ushbu mahsulotlarni qanday taqdir kutayotganini ma’lum qildi.

Odatda, taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatida go‘sht, pishloq, sut mahsulotlari, baliq, sabzavot va mevalar, hatto yong‘oqlarni ham ko‘rish mumkin. Mazkur qoida har bir mamlakat tomonidan o‘rnatilib, bir-biridan farq qilishi mumkin.

Ayrim mamlakatlarda aeroportda olib qo‘yilgan mahsulotlar hech qanday qiymatga ega bo‘lmasa, ular yoqib yuboriladi. Buning uchun maxsus pechlar mavjud. Masalan, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportida o‘rnatilgan pechda sanksiya qo‘yilgan pishloq turlari yo‘q qilinadi.

Yevropa ittifoqining ko‘plab mamlakatlarida esa taom va ichimlik konteynerlari tartibga keltirilib, qayta ishlash uchun maxsus markazlarga jo‘natiladi.

Eng qiziq taqdir bu mevalar, sabzavotlar va tolasiz mahsulotlarning mayda bo‘laklarga bo‘linishidir: ayrim aeroport terminallarida maydalash mashinalari o‘rnatilgan alohida xonalar mavjud. Jumladan, Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi aeroportida shunday mashinalar o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu aeroportning birgina terminalida har kuni 300 kilogrammga yaqin meva va sabzavot musodara qilinadi.

Taqiqlangan mahsulotlarning bojxona xodimlari o‘rtasida o‘zaro bo‘lib olinmasligi yoki muhtojlarga tarqatilmasligining asosiy sababi ularda virus, turli parazitlar, kasallikka olib keluvchi moddalar, mikroorganizm yoki hasharotlar bo‘lishi ehtimolining mavjudligidir. Ularni laboratoriyada tahlil qilish qimmatga tushishi bois olib qo‘yilgan mahsulotlarni yuqorida qayd etilgan uch taqdirdan biri kutadi.

Яндекс.Метрика