У нас есть только
оригинальные песни

Afg‘oniston pezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

calendar 27.03.2018
943

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 26—27-mart kunlari amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

26-mart kuni Shavkat Mirziyoyev va Muhammad Ashraf G‘anining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy martabali mehmon bugun “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Anjuman yakunida Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.

Shuning bilan Afg‘oniston pezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

Яндекс.Метрика