У нас есть только
оригинальные песни

“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi

calendar 04.09.2018
1585

Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishidagi №760/759 “Afrosiyob” tezyurar poyezdining qatnoviga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra 2018-yil 7-sentabrdan boshlab mazkur elektropoyezdning Shahrisabz shahrigacha muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi va Toshkent—Shahrisabz—Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

“Afrosiyob” elektropoyezdi Toshkentdan Qarshigacha bugungi kundagi harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi, Qarshidan Shahrisabzga soat 11:30 da jo‘naydi, Shahrisabzdan Qarshiga esa soat 15:43 da harakatini boshlaydi. Qarshidan Toshkentga bugungi kundagi harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.

Harakat jadvali haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni rasmiy railway.uz saytidan va joylardagi temir yo‘l kassalari hamda xududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

Яндекс.Метрика