У нас есть только
оригинальные песни

«Afrosiyob» va mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga 50 foiz chegirma joriy qilindi

calendar 24.08.2018
924

31-avgustdan 4-sentyabrgacha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarida hamda «Afrosiyob» poyezdlarida oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptalariga 50 foiz chegirma joriy qilindi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu chegirma fuqarolarning to‘laqonli dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida joriy etildi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning rasmiy  uzrailpass.uz va railway.uz saytlaridan bilib olish mumkin.

Яндекс.Метрика