У нас есть только
оригинальные песни

Afsonaviy bokschi Muhammad Ali bugun 74 yoshga to'ldi

calendar 17.01.2016
1748

Asl ismi sharifi Kassius Kley, musulmon dinini qabul qilganidan keyin Muhammad Aliga aylangan afsonaviy bokschi bugun 74 yoshga to'ldi.

U 1942 yilning 17 yanvar kuni AQShning Kentukki shtati Luisvill shahrida dunyoga kelgan.

Hayotini boks bilan bog'lagan Muhammad Ali yarim og'ir vazn toifasida 1960 yilgi XVII Yozgi Olimpiya o'yinlarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan. Supero og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni (1964—1966, 1974—1978) bo'lgan. Besh karra “Yil bokschisi” (1963, 1972, 1974, 1975, 1978) hamda 10 yillikning “Eng yaxshi bokschisi” deya e'tirof etilgan.

Butun dunyoga Muhammad Ali nomi bilan tanilgan Kassius Marsellus Kley doimo jurnalistlar qurshovida bo'lsa-da, uning hayotidagi ayrim voqealarni juda kamdan-kam insonlar bilishgan. Ana shunday insonlardan biri uning do'sti, “Life” jurnalining ilk qora tanli suratkashi Gordon Parks bo'lgan. Alining ko'plab suratlarini aynan Parks olgan. 

Яндекс.Метрика