У нас есть только
оригинальные песни

Afsonaviy darvozabon Peterburg teraktida jabrlangan qizga sovg'a berdi

calendar 26.12.2017
1611

Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan Sankt-Peterburg shahri metrosida yuz bergan terakt vaqtida jabrlangan qiz Evelina Antonovani qo'llab-quvvatlab, unga o'z futbolkasini hadya qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda. Bu boradagi tegishli videolavha esa Sputnik Deutschland axborot agentligi tomonidan e`lon qilindi.

Evelina sovg'ani «Zenit» stadionida qabul qilib olgan. Kan qizga «Bavariya» futbolkasi, dastxati qo'yilgan disk va maktub yuborgan, unda esa qo'llab-quvvatlov so'zlari yozilgan.

«Oliver Kan! Oliver Kan men haqimda biladi! Men, rostini aytsam, tasavvur ham qilmagan edim. Bu juda yoqimli!

Har doim qo'llab-quvvatlov so'zlariga ega sovg'alarni qabul qilish yoqimli, ular ijobiy energetika beradi, va bu ko'p narsaga erishgan hamda senga ham shuni tilayotgan odamlardan kelsa, ayniqsa juda quvonchli», - deya qizning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sputnik.

 

Яндекс.Метрика