У нас есть только
оригинальные песни

Agar siz ishlagan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, pensiya uchun ma’lumotnoma qanday olinadi?

calendar 23.04.2018
1037

Band shaxsning ish staji O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limining sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomasi bo‘yicha belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda, shuningdek mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo‘lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun (band shaxsning ish stajidan tashqari) ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, ish (lavozim) bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va asoslari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek ma’lumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252-son qaroriga ko‘ra, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaxsiy hisob raqamlari va hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar asosida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan yoki vafot etgan boquvchi ishlagan tashkilot tomonidan beriladi. Agar tashkilot tugatilgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tashkilotning huquqiy vorisi yoki davlat arxivi tomonidan beriladi.

Яндекс.Метрика