У нас есть только
оригинальные песни

Agent va ota Neymarga «Real», «PSJ» yoki «MYu» jamoalaridan biriga o'tishni maslahat qilmoqda

calendar 20.06.2016
1422

«Barselona» jamoasining 2 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan hujumchisi Neymar «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalaridan berilayotgan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Bu jamoalarning har biri uning shartnomasida ko'rsatilgan 192 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor.

Tribuna nashri ma'lumotiga ko'ra, madridliklar 24 yoshli bu braziliyalikka yiliga 15 million evrodan to'lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Parijliklar Neymarga yiliga 18,5 million evrodan maosh to'lamoqchi, bu miqdor bonuslar hisobiga yiliga 28 million evroni tashkil qilishi ham mumkin.

Manchesterliklar esa hujumchini o'z safiga jalb qilish uchun unga 17 million evro miqdoridagi yillik maosh tayinlashga tayyor.

Bu vaqtda «Barselona» futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, uning yillik maoshi miqdorini 9 million evrodan 14 million evroga oshirmoqchi.

Futbolchining otasi Neymar da Silva hamda uning agenti Vagner Ribeyro uni «Barselona»dan ketishga va takliflardan birini qabul qilishga undamoqda.

Bundan oldinroq, Neymar «Barselona» bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirishi haqida xabarlar berilgandi. Ammo shu vaqtgacha bu ro'y bermadi.

Яндекс.Метрика