У нас есть только
оригинальные песни

Ahir men bittaman, yagona yolg'iz...

calendar 18.07.2011
2810


AHIR MEN BITTAMAN, YAGONA YOLG'IZ...

Yuragimga hadeb beraverma ozor.
Ahir sevgini ham uvoli bor.
Kuchli muhabbatning ham so'nishi bor.
Menda ham o'zimga yarasha g'urur bor.
Shu gapimni unutma zinhor.
Ahir men bittamanku, yagona yolg'iz...

Seni mendek tushuna olar boshqa kim?
Senga menday vafodor yana kim?
Seni mendek sevolmas boshqa hech kim.
Savolimga javob ber, iltimos turma jim.
Tushun men bittaman, yagona yolg'iz...

Qancha hatolaring kechirdim.
Qancha yolg'oningga ishondim.
Qanday bo'lsang,shundayligingcha sevdim.
Sendan o'zgaga hatto qiyo boqmadim.
Lek sendan bir vafo ko'rmadim.
Mendayi yo'q men bittaman,yagona yolg'iz...

Birdan sevgidan, g'ururim ustun kelib.
Aqlimni yuragimga qarshi qo'yib.
Sendan kutdan orzularimdan ham voz kechib.
Nima qilasan seni qo'ysam unitib.
Ahir men bittamanku, yagona yolg'iz...

Yo'q qadrim bor etib.
Seni ham bir sog'intirib.
Sen topolmas tomonga men ketib.
Mendayin topolmay qolganingda yolg'iz.
Deysan sen bitta eding, yagona va yolg'iz...

Atrofingda bo'lsa ham mingta go'zal janona.
Lek hech biri o'rnim bosolmaganda.
Shunda dam meni sog'inganingda.
Deysan nega senday emas hech bir janona.
Buni sababi oddiygina.
Men ahir bittaman, yagona yolg'iz...

Hech kim menday quvonib kulmas.
Ko'zini och ular sevgisi samimiy emas.
Qanchalar go'zal bo'lmasin yoningdagi janona mendek bo'lolmas.
Men ahir bittaman yagona yolg'iz...

O'tsa yana qaytar takror bahor.
Hatto yulduzlarning o'xshashi.
Ammo Barnoga o'xshashini topish amri mahol.
Bu so'zimni aytaman takror va takror.
Barno ahir bittadur, yagona yolg'iz...

Yagonam deb meni qadrlagin.
Sevgim senga omonat unga hiyonat qilmagin.
Atrofinga sen yaxshilab qaragin.
Mendayi yo'qku buni unutmagin.
Qo'llarimdan mahkam tut qo'yib yubormagin.
Men rostan ham bittaman, yagona yolg'iz...

Tushun ahir dunyoga kelmayman takror takror.
Aytchi menday oddiy qiz yana qayda bor?
Muhabbating isbotla etib meni baxtiyor.
Yorim desang bo'lay senga vafodor.
Men vafodorman bitta , yagona va yolg'iz....

miranda_89 (Barno)
Яндекс.Метрика