“Ahmadboy va Rahmatboy” filmi chinozlik Ahmadboy haqidami?

13-iyul kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda Dilshoh Media kinokompaniyasi tomonidan komediya janrida suratga olingan “Ahmadboy va Rahmatboy” nomli film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Filmning treyleri internetga chiqarilgan bo‘lib, unda Ma’murbek Xolmedovning qahramoni film bosh rol ijrochisi (Ahmadboy) Muhammadiso Abdulxayirovga qarata: “Jigaringni sotib, pullarimni qaytarib olaman!”, deya do‘q urayotganidan, kartina firibgarlik haqida ekanini taxmin qilish mumkin.

Film taqdimoti arafasida jurnalist Feruz Muhammad kinokompaniya rahbari va film prodyuseri Mahmud Erkaboyev bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

— “Ahmadboy va Rahmatboy” komediyasi moliyaviy piramida qurib, qo‘lga tushgan chinozlik Ahmadboy haqidami?
— Buni filmni tomosha qilganingizdan so‘ng bilib olasiz.

— Siz haqingizda: “Film prodyuseri Ahmadboyga katta pul berib kuyganlardan, shu sabab shu nom bilan film suratga oldi”, qabilida gaplar yuribdi. Bu gaplar qanchalar haqiqat?
— Biz o‘z shaxsiy hayotimizda ro‘y bergan voqealarni emas, balki xalq ichida sodir bo‘layotgan hodisalar asosida film ishlaymiz. Maqsadimiz — firibgarlikdan, yomon yo‘lga kirishdan ogohlantirish. Bu filmni ko‘rgan tomoshabinlar ham mazza qilib dam olsin, ham aldanib qolmaslik uchun yanada ogoh bo‘lsin. Chinozlik Ahmadboyga hech qanday aloqam yo‘q. Film g‘oyasi Davlatbek Yo‘ldoshev va G‘ayrat Boymirzayevdan chiqqan. Film g‘oyasi haqiqatan ham bo‘lgani uchun Bayram Aytmurotov shu mavzuda ssenariy yozib berdi, unga Jur’at Sotiboldiyev va Saidpo‘lat Hakimov rejissorlik qildi. Suratga olish ishlari qishning eng sovuq kunida boshlangan bo‘lsa, premyerasi yoz chillasiga to‘g‘ri kelmoqda.

— Ahmadboy roli uchun nega aynan Muhammadiso Abdulxayirov tanlangan?
— Komik aktyor deganda chet ellik aktyorlardan Mister Bin, Jim Kerri kabilar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Menimcha, bugungi kun o‘zbek kinosida Muhammadiso Abdulxayirov komik rollar qiroli hisoblanadi. Bu aktyor ishga aniq yondashishi, ijodiy jamoaning vaqtini o‘g‘irlamay, kelishilgan vaqtda o‘z ishini bajarib ketishi sababli ham bosh rolga aynan uni munosib, deb topganmiz.

 


Комментарии (0) | Добавить: 11.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi
Norvegiya qiroli shifoxonaga yotqizildi
Alibaba gipermarketlar tarmog'ini sotib olmoqda
Galkin Pugachyova bilan nikohdan o'tdi
Alisher Usmonov yana bir futbol klubini sotib olishi mumkin
1 kunda Vladimir Putin yo'liga 50 dan ortiq bomba joylashtirilgani rostmi?
Serena Uilyams biznesmenga turmushga chiqdi
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi
Ronaldu uylanadi
Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda