Aholi yangi elektr energiyasi va gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun haq to'lamaydi

azirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-son «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori e`lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari (oldingisi kuchini yo'qotdi);
• Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari (Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalari kuchini yo'qotdi).

Ularda bir nechta qiziqarli jihatlarni ajratib ko'rsatish mumkin.

Birinchidan, maishiy iste`molchilar (ya`ni, aholi)ga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o'rnatish, ro'yxatdan o'tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishincha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta`minoti tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq bu yerda quyidagilarni inobatga olish darkor.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi

1) Normada faqat zamonaviy, ya`ni elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalangan hisoblagichlar (ENHAT, GNHAT) xususida so'z bormoqda. Zamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o'tkazish xarajatlari iste`molchi (mulkdor) tomonidan mustaqil ravishda  to'lanadi.  

2) Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida yana bitta shart bor. Unda aytilishicha, tabiiy gaz iste`molini hisobga olish uskunalarini ta`mirlash va davlat qiyoslovidan o'tkazish uchun xarajatlar ularning mulkdori tomonidan qoplanadi. Demak, agar fuqaro unga o'rnatilgan hisobga olish uskunasi uchun to'lovni amalga oshirgan bo'lsa, u uning mulkdori hisoblanadi va uni davriy qiyoslovdan o'tkazish ishlari uchun o'zi to'lovni amalga oshirish kerak. Agar hisoblagich gaz ta`minoti tashkiloti tomonidan o'rnatilgan bo'lsa va iste`molchi uning qiymatini to'lamagan bo'lsa, davriy qiyoslov ham bepul o'tkaziladi.

3) Yuqorida ko'rsatilgan qoidalar faqat hisobga olish uskunalaridan lozim darajada foydalanilgan taqdirda ishlaydi. Agar hisoblagichga iste`molchining aybi bilan zarar yetkazilgan, ishdan chiqarilgan yoki yo'qotilgan bo'lsa, uni almashtirish, ta`mirlash, davlat qiyoslovidan o'tkazish va o'rnatish uchun to'lov iste`molchining o'zi tomonidan amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, maishiy iste`molchilar (ya`ni aholi)ning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`molini hisobga olish uskunalarining davriy davlat qiyoslovidan o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishini tashkil qilish bo'yicha javobgarlik, tegishincha, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta`minoti tashkilotlariga yuklatiladi.

Yangilangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida quyidagilar to'g'ridan-to'g'ri ko'zda tutiladi: agar qiyoslovdan o'tkazish muddati o'tib ketgan bo'lsa, biroq elektr ta`minoti korxonasi qiyoslovdan o'tkazmagan bo'lsa – iste`molchi hisoblagich ko'rsatkichlari bo'yicha to'lovni amalga oshirishni davom ettiradi. Bunday holatda elektr ta`minoti korxonasi iste`mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish qiyoslashlararo interval muddati o'tgan hisoblagich bilan amalga oshirilgan davr uchun qayta hisob-kitob qilishga haqli emas. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari bunday kafolatni o'z ichiga olmaydi.  

Uchinchidan, tadbirkorlik sub`yektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash faqat ularning ixtiyoriga binoan amalga oshiriladi. Demak, energiya ta`minoti tashkilotlari bunday xizmatlarga majburlashi mumkin emas.

Hujjat 16.01.2018 yildan kuchga kirdi.


Комментарии (0) | Добавить: 20.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Kartoshka bojxona to'lovlaridan ozod etildi
La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda