У нас есть только
оригинальные песни

Air France xodimlari aeroportga kelib qo'ngan samolyot shassisidan jasad topishdi

calendar 12.01.2016
860

Frantsiyaning Air France aviakompaniyasi xodimlari samolyot shassisidan jasad topishdi, deb xabar beradi France-Presse agentligi.

Aytilishicha, tana San-Paulu shahridan Parijdagi Orli aeroportiga kelib qo'ngan Boeing 777 samolyotiga texnik xizmat ko'rsatish chog'ida aniqlangan.

Aeroport vakilining so'zlariga qaraganda, jasadni Parij sud-tibbiyot institutiga yuborishgan. Ish bilan havo-transport o'tkazmalari jandarmeriyasi shug'ullanadi.

Ta'kidlanishicha, Еvropaga noqonuniy kirib olmoqchi bo'lgan odamlar ba'zan shunday qaltis joylarga berkinib, oqibatda halok bo'ladilar.

Яндекс.Метрика