У нас есть только
оригинальные песни

Air Jordan krossovkalari 5 ming dollarga baholandi

calendar 26.05.2016
1524

2012-yilda yagona nusxada ishlab chiqarilgan Air Jordan 6 Infrared krossovkalari sotuvga chiqarildi. Bu haqda Highsnobiety xabar bermoqda.

Noyob oyoq kiyimi Nyu-Yorkdagi Stadium Goods do‘konida sotuvga qo‘yildi. Uning narxi 5 ming dollarni tashkil etmoqda.

Air Jordan — Nike kompaniyasi tomonidan mashhur basketbolchi Maykl Jordan uchun maxsus ishlab chiqilgan brend. Bu nomdagi dastlabki krossovkalar 1985-yilda Chicago Bulls jamoasi ranglarida ishlab chiqarilgan edi. O‘sha paytda bu sport modasida o‘ziga xos to‘ntarish yasadi: unga qadar barcha sportchilar maydonga oq poyabzalda chiqardi.

Shartnomaga binoan, basketbolchi har bir o‘yinga qizil-qora rangdagi poyabzalda tushishi lozim edi, ammo Liga uni ortiq darajada yorqin ranglarda tayyorlangan deb hisoblab, sportchiga bu ishni taqiqladi. Shunga qaramay, Jordan barcha uchrashuvlarga shu oyoq kiyimida tushib, har safar tegishli jarimani to‘lab bordi.

Shundan buyon Air Jordan modeli katta shuhratga erishib, ko‘p marta qayta ishlab chiqarildi.

Яндекс.Метрика