“AYBSIZLIGIMGA OTA-ONAM HAM ISHONMAYAPTI..."

“Men Samarqand viloyatida tug`ilganman. 2011 yilda maktabning 9-sinfini tugatib,  tibbiyot kollejiga o`qishga kirdim. Kollejni 1-kursida hech qanday muammo bo`lmadi. Ammamnikida turib, qizlari bilan o`qidim.

2-kursga o`tganimdan keyin onamning qistovi bilan xolamnikiga ko`chib o`tdim. Shundan keyin hayotimda chigal va tashvishli kunlar boshlandi. Chunki men bu xonadonda yashash bilan bir qatorda bir qancha uy yumushlarini ham bajarishimga to`g`ri kelardi.

Masalan 2013 yilning mart, aprel oylarida u erda xolamning kuyovi hamda yana bir chet qishloqdan kelgan, biz bilan birga yashovchi qiz uchalamiz shu hovlida sut pishirib, qatiq sizdirib, chakki tayyorlar edik. Men bu yumushlarni bajarish uchun kollejdagi darslarim tugamasdan soat o`n birda xolamning uyida bo`lishim hamda kuyovi va haligi qiz bilan birgalikda kech soat o`n ikkigacha ishlashimiz kerak edi.

Bu orada xolamning kuyovi menga har xil nojo`ya gaplar aytadigan qiliq chiqardi. Uyalardim, tortinardim. Ammo xolamga kuyov bo`lgani uchun hech narsa deya olmasdim. Oxiri bo`lmadi, onamga aytdim.

— Kuyovga borib ayt, agar tinch yurmasa, mendan xafa bo`ladi, — dedi onam.

Men bu gapni xolamning kuyoviga aytdim. U bir-ikki kun indamay yurdi-yu, lekin keyin undan battar qiliq chiqarib, menga tegajoqlik qila boshladi. Shu orada biz bilan birga yashaydigan qizning sog`lig`i yomonlashgani sabab uyiga ketib qoldi. Endi barcha yumushlarni kuyov ikkalamiz bajarib yurdik. Bu ham etmagandek, xotini uning kiyim-kechaklarini menga yuvdiradigan odat chiqardi. U hatto erining ichki kiyimlarini ham berardi. Men onam bilan xolam o`rtasida nizo chiqmasligi uchun bor gap-so`zni ichimga yutdim, lekin Oybek borgan sari haddidan oshaverdi.

Oxir-oqibat iyun oyining boshida, kechasi soat o`n birlarda xolamning uyidan chiqib ketishga majbur bo`ldim. Dugonam Surayyoga telefon qilib, bir kechaga kvartirasidan tunash uchun joy berishini iltimos qildim.

— Uyning egasi bunga ruxsat bermaydi, — dedi dugonam.

Noiloj taksi yollab, xolamnikida birga turgan qizlarnikiga bordim. Uning onasi ertasiga telefon orqali xolamni chaqirib meni berib yubordi.

Shundan so`ng mening hayotimda azobli kunlar boshlandi. Xolalarim men haqimda dadamga har xil bo`xton gaplar aytishdi. Uyatsizga chiqarishdi meni. Natijada dadam men bilan gaplashmay, hatto bir dasturxonda ovqat emay qo`ydi. Onam bo`lsa kaltaklab, butun tanamni momataloq qildi.

Men esa xolamning kuyovi va qizining qiliqlarini, nohaqliklarini aytishga qo`rqdim. Chunki o`sha paytda dadam xolamlarning ikkinchi uylarida qurilish ishlarini qilayotgandi. Qarindoshlar o`rtasida janjalga sababchi bo`lib qolishdan qo`rqib, barcha xo`rliklarga chidashga o`zimni majbur his edim.

Bu orada kollejga bormagan kunlarim ham ko`paydi. Natijada 2-kursni bitirish uchun anchagina fanlardan qarzdor bo`ldim.

Shuning uchun iyun oyida kollejga borish uchun yo`lga chiqdim.  Samarqand shahriga borganimda telefonim mashinada tushib qolganini bilib qoldim. Yana o`zimizning tumaniga qaytishimga to`g`ri keldi. Raqamimga telefon qilganimda neksiya mashinasining haydovchisi bir qishloqdan ekanini aytdi. Kech bo`lib qolganligi sababli telefonni olib kelib berishni bir tanishimdan iltimos qildim. O`zim esa uning yangasinikida kutib o`tirdim. Tanishim telefonimni olib kelganida quvvati tugagan edi. Uyga begona raqamdan telefon qilishga qo`rqdim. Ammo haligi xolamnikida men bilan turgan qiz meni ko`rib, xolamga telefon qilib, qaerdaligimni aytgan. Kechasi o`n ikkilarda kuyovi  va buvim meni olib ketgani bordi. Ular yarim kechasi meni uyimizga olib kelib tashladi. Onam yana meni rosa kaltakladi.

Bor voqea shu. Lekin xolamlar, onam, hattoki dadam ham meni tuhmat botqog`iga botirishdi. Shu zaylda kunlar, oylar o`tib 2013 yil 2 sentyabr ham etib keldi.

Men hammasini boshdan boshlayman, deb kollej ostonasiga qadam qo`ydim. Ammo chuchvarani xom sanagan ekanman. Hamma guruh rahbarlarining xonasiga kirgan paytda guruh sardorimiz meni chetga chaqirdi:

— Siz 53.000 so`m pul berishingiz kerak ekan. Bo`lmasa, guruh rahbarimiz darslarga qo`ymaskan.

Ertasiga o`zimga ish qidira boshladim. Maqsadim, uydan pul so`ramasdan o`sha guruh sardorimiz aytgan pulni berish edi. Uch kun deganda ish topdim.

Kafeda ishlayotganimga uch kun bo`lganida ota-onam sezib qolib, meni uyga olib ketdi. Qattiq haqorotlashdi. Shu bilan yana darslarga bormay qo`ydim. Kursdoshlarimni esa paxta yig`im-terimiga olib ketishdi. Lekin kollejidan biror kimsa meni so`rab kelmadi.

2013 yil 15 oktyabr kuni onam xolamlarnikiga ketdi. Shu kuni qurbon hayiti edi. Shuning uchun dugonam bilan Al-Buxoriy ziyoratgohiga aylangani bordik.

Uyga kelganimda dadam eski tuhmatlariga asoslanib, yana meni haqorat qildi. Salkam etti-sakkiz oylik ta`na-dashnomlardan bezor bo`lganimdan, dardimni aytishga bir yaqin sirdosh topmaganimdan bir sidra kiyimlarimni va 100.000 so`m pulni olib, uydan chiqib ketdim. Chunki bu kamsitishlar suyak-suyagimdan o`tib ketgan edi. O`z hayotimni o`zim quraman va halol yashayman, degan maqsadda Jizzaxga ketdim. Samarqand shahrida qolib ishlashga qo`rqdim. Chunki puldor xolalarim baribir topib olishardi.

Shukrki, Jizzax shahridagi “Eski shahar buyum” bozoriga borganimda yaxshi insonlarga duch keldim. Bozor hududi bo`yicha qorovulxona xodimlari meni tutib olishdi. Ularga yolg`on gapirishga majbur bo`ldim: “Otam chet davlatga ishlashga ketgan, onam esa o`gay!” Bu gaplarimdan keyin ular menga yordam berishdi.  Bozor ichidagi oshxonaga idish-tovoq yuvuvchi etib ishga joylab qo`yishdi.

Turar joy ham topib berishdi. Xonadon egalari men o`z fazandlaridek ko`rib, kichkina qizlarining xonasiga joylashtirishdi. Men to`rt oy davomida ana shunday bag`ri keng insonlar ichida eng baxtli kunlarimni o`tkazdim. Men bu insonlardan bir umr qarzdorman.

Shu bilan 2014 yil 20 fevral kuni ichki ishlar xodimlari meni topib, Samarqandga olib ketishdi. Men onamga, buvim va xolalariga hamma gapni aytdim. Yaqinlarim bir og`iz so`z deyishmadi.

Afsuski, o`qishimda ham tuhmatga uchradim. Ular meni kasal deb hujjat to`g`irlashgan ekan. Shu tufayli, o`qituvchim mening senyatbrda o`qishga borganimni tan olmadi.

Men bu boshimdan o`tgan voqealarni yozib o`zimni oqlamoqchi emasman, faqat bir narsani istardimki, bu hasratga to`la xatni o`qigan yoshlar menga o`xshab yolg`on va tuxmatlar qurboni bo`lishmasin. Ota-onalar esa farzandida bo`layotgan o`zgarishning asl sababi bilib, gunohi bo`lsa keyin jazolashsin. Bo`lmasa, men kabi qizlar o`ziga gard yuqtirmagan bo`lsa-da, o`z yaqinlari tomonidan yomon otliqqa chiqaveradi...


Комментарии (4) | Добавить: 29.12.2015
4. vohid2000 (01.03.2016 19:52)
ilohim sabr bersin sabr tagi sariq oltin
3. Dj_S_Tim (07.02.2016 13:23)
Ha to'g'ri juda tasirchan ekan. Agar o'z hayotiz haqida yozgan bo'lsangiz sizga sabr - toqat tilayaman. Lekin bu yozganlarizni ota-onalar o'qisharmikan va o'z farzandlari uchun muomilasini o'zgartirarmikan.
2. Kim_Joon (28.01.2016 12:32)
Oloxim asrasin szni
1. 1999x1999 (31.12.2015 13:48)
juda ha tasir4an ekan menga yoqdi
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari
Yuz terisini tozalashning 6 usuli
Homilador ayollar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Oyoqdagi quruq qadoqlar qanday paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?
Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan
Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin
AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi
Fast-fuddan voz kechish qoidalari
Uyqu to‘g‘risidagi eng qiziqarli haqiqatlar
Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi
Go'sht nega qimmatlashdi?
O'qituvchi bir kunda 6 soatdan ziyod ishlashi mumkin emas
Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar e`lon qilindi (21.05.2017)
Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?
40 yoshga to'lgunga qadar to'xtatilishi kerak bo'lgan xatolar
22-may kunida sodir bo'lgan voqealar
Uy sharoitida chizkeyk tayyorlaymiz
Shavkat Mirziyoyev sammitda markaziy osiyolik prezidentlar davrasida (Foto)
Toshkent IIBBda otliq otryad tashkil etiladi
Olimlar immunitetni saraton hujayrasini o'ldirishga majburlovchi antitela ishlab chiqishdi
Xorazmda SMS-xabar tufayli tanishini pichoqlagan shaxs jazoga tortildi
Arnold Shvarsenegger yangi “Terminator”da suratga tushadi
Lola Karimova-Tillayeva nufuzli Soma jurnaliga intervyu berdi
Yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi kurashing, aks holda...
Payme Telegram botlari orqali to‘lov tizimi ishga tushirilishini tasdiqladi