У нас есть только
оригинальные песни

Akkumulyator sig‘imi 7000 mA/soat bo‘lgan «Leagoo» smartfoni apreldan sotuvga chiqariladi

calendar 31.03.2018
1783

«Leagoo» kompaniyasi o‘zining yangi «Power 5» smartonini taqdim etdi. Aprel oyidan sotuvga chiqishi kutilayotgan smartfonga sig‘imi 7 000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan, deb xabar berdi «4PDA».

Yangi smartfon 18:9 bo‘lgan displey, suratlarni 65 megapiksell tiniqlikda olishga qodir ikkitalik kamera va 6 gigabayt tezkor xotira bilan jihozlangan.

«Leagoo Power 5»ning akkumulyatori UN38.3 va IEC 62133 standarlariga javob beradi. U esa uning sifatli ekanligini kafolatlaydi. Bundan tashqari smartfonni simsiz tezda quvvatlantirish ham mumkin.

MediaTek MT6763 protsessori o‘rnatilgan bu qurilmaning ichki xotirasi 64 gigabaytga teng. Frontal kamerasi 13 megapiksellni tashkil etadi. Qurilma «Android 8.1 Oreo» operatsion tizimida ishlaydi.

«Leagoo Power 5» aprel oyida 299,99 dollardan sotuvga chiqadi.

Яндекс.Метрика