У нас есть только
оригинальные песни

Aktrisa Yulduz Rajabova: Uch yildan beri davolanaman, hozir ahvolim yaxshi

calendar 28.05.2016
3247

Aktrisa Yulduz Rajabova “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida boshidan o‘tkazgan xastalik haqida aytib o‘tdi.

“San’at qurbonlikni talab qiladi, deganlari rost ekan. Uchinchi kursda o‘qiyotganimda og‘ir xastalandim. Har bir rolga chuqur yondashganim, asabiylik, ruhiyatimga ta’sirimi, xullas, sog‘ligim yomonlashdi”, — dedi aktrisa.

“Meni sog‘ligimdagi muammolar qandaydir mish-mishlar, bo‘htonlarga bog‘liq bo‘lmasa-da, yillar davomida yig‘ilib borgan asabiylik va yana boshqa holatlar boshimda xastalik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Uch yildan beri davolanaman, hozir ahvolim juda yaxshi”, — deya qo‘shimcha qildi Yulduz Rajabova.

Яндекс.Метрика