У нас есть только
оригинальные песни

Aktyor Jeyms Vuds uni giyohvand deb atagan Twitter foydalanuvchisini sudga berdi

calendar 01.08.2015
1121

Amerikalik aktyor Jeyms Vuds uni giyohvand deb atagan Twitter foydalanuvchisini tuhmat uchun sudga berdi, deb yozadi The Hollywood Reporter. Aktyor 10 million dollar undirib olmoqchi.

Vuds Los-Anjeles Oliy sudiga 29-iyul kuni murojaat qildi. Uning ishi bo‘yicha javobgar Twitter’da Abe List nomi ostidagi foydalanuvchidir. Uning profilidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u Los-Anjelesda yashab, investitsiyalar bilan shug‘ullanadi.

Sud da’vosiga sabab bo‘lgan xabar Vudsning Twitter’dagi sahifasida 15-iyul kuni paydo bo‘ldi. Aktyorning qaydlaridan biriga izoh yozar ekan, Abe List: "Kokain giyohvandi Jeyms Vuds hamon chekmoqda va aldamoqda”, — deb yozdi.
Яндекс.Метрика