У нас есть только
оригинальные песни

Aktyor Sanjar Usmonov birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi

calendar 13.04.2016
3102

Ko‘pgina filmlardagi rollari va qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktyor Sanjar Usmonov 8-aprel kuni birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda aktyorning yaqin do‘stlaridan biri Sharof Muqimov xabar berdi.

“Do‘stim Sanjar birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi, hozir bu pahlavonlarga qanday ism qo‘ysam ekan, deb bosh qotiryapti. O‘zbek shou-biznesida hali bunday holat kuzatilmagan edi. Sanjarning to‘yida kuyov jo‘ra bo‘lgandim. Demak o‘z vazifamni a’lo darajada uddalagan ekanman”, — dedi Sharof Muqimov.

Sanjar Usmonov 1985-yilda tavallud topgan. Aktyor 2010-yilda oila qurgan. 2011-yilda qizi Samina dunyoga kelgan. 2007-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan Sanjar Usmonov ilk bor kinodagi faoliyatini rejissor Burhon Sharopovning “Sevgi – bu hayot” filmidan boshlagan.

Яндекс.Метрика