У нас есть только
оригинальные песни

“Al Qoida” Geyts va Baffetni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

calendar 10.09.2015
1443

"Al Qoida” terrorchilik birlashmasi tomonidan nashr qilinuvchi Inspire jurnalining oxirgi sonida mashhur amerikalik tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilingan.

Jangarilarning kelgusidagi qurbonlari ro‘yxatiga Microsoft asoschisi Bill Geyts, milliarderlar Uorren Baffet, Charlz va Devid Kox, shuningdek, Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg kiritilgan.

Jurnalda yozilishicha, mazkur shaxslar o‘zlarining barcha mablag‘larini AQShdan tashqarida sarflagan taqdirda ro‘yxatdan chiqariladi. Shuningdek, ulardan Isroilning qo‘llab-quvvatlanishiga qarshi ekanliklarini e’lon qilish talab etiladi.

Яндекс.Метрика