У нас есть только
оригинальные песни

Aleksandr Geynrix futbolchilik faoliyatini yakunladi

calendar 15.03.2018
1146

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda KazFootball nashri xabar tarqatdi, deb yozmoqda“Championat.asia”.

Qayd etilishicha, Geynrix Qozog‘istonning “Aqto‘be” klubida seleksioner murabbiy lavozimida ish boshlagan.

Geynrix professional faoliyatini 2001-yilda “Do‘stlik” jamoasida boshlagan. U “Paxtakor”, “Lokomotiv”, Rossiyaning SSKA va “Torpedo”, Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung Blyuings”, BAAning “Emireyts” Qozog‘istonning “Aqto‘be” va “Ordabasi” jamoalarida faoliyat olib borgan.

Geynrix Qozog‘iston Premyer-ligasida 110 uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 28 bor ishg‘ol qilishga erishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasida esa 98 uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta golga mualliflik qilgan.

 

Яндекс.Метрика