У нас есть только
оригинальные песни

Alibaba gipermarketlar tarmog'ini sotib olmoqda

calendar 20.11.2017
1111

Alibaba onlayn-riteyleri Xitoy guruhidan 400 ta Sun Art Retail gipermarketini 2,9 mlrd. AQSh dollariga sotib olmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi yakshanba kuni xabar berdi.

Uning ma`lumotlariga ko'ra, Xitoyda Sun Art Retail gipermarketlari Auchan va RT-Mart savdo markasi ostida ishlaydi. Kelishuvda Auchan’ning guruhdagi ulushini 36 foizga qadar oshirish nazarda tutilgan.

"Ushbu alyans Alibaba’ning chakana savdo rivojlanishi bo'yicha o'z strategiyasini anglatadi. Strategiya esa internet-yondashuv va yangi texnologiyalar o'rtasida to'g'ri muvozanatga rioya etishdan iborat. Shu bilan birga, chakana savdo bozorida sheriklar bilan qalin hamkorlik qilishga qaratilgan kurs saqlanib qoladi", - deya Alibaba va Sun Art Retail’ning qo'shma bayonotidan parcha keltiradi agentlik.

Xitoydagi eng yirik internet-kompaniya Alibaba’ning 2017-2018 moliyaviy yili birinchi choragidagi sof foydasi 1,96 martaga o'sdi hamda 2,07 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu davr davomida olingan daromad 56 foizga oshdi – 7,4 mlrd. dollarga. Kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishi – elektr savdo ulushi – daromadning 86 foizini tashkil qildi.

Яндекс.Метрика