Xitoyning Alibaba Group Holdings kompaniyasi Youku Tudou Inc. videoxostingining 81,7 foiz aktsiyasini 4,77 mlrd dollar evaziga sotib olmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Alibaba kompaniya aktsiyalarining har
birini 27,6 dollardan sotib oladi. Bu qiymat dastlabki muzokaralardan 35
foizga qimmat deganidir. Chunki boshida Alibaba Youku videoxostingining
har bir aktsiyasiga 26,6 dollar, umumiy qiymatda esa 4,6 mlrd dollar
taklif qilgan edi.
Alibaba ushbu videoxizmatni sotib olgach,
Xitoyning uchdan bir auditoriyasi uchun mo'ljallangan Amerika film va
seriallarini taqdim etishni rejalashtirgan.
China Internet Network
Information Center bergan ma'lumotlarga ko'ra, iyun oyi bo'yicha Xitoyda
461 mln kishi onlayn video tomosha qilgan.
Dastlabki savdolarga ko'ra, Nyu-Yorkda Alibaba kompaniyasining aktsiyalari 0,4 foizga oshgan.