У нас есть только
оригинальные песни

Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi

calendar 18.11.2017
1209

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik ishlari ko'rilmoqda. Bu haqda O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Alisher Sultonov Ozarboyjon prezidenti bilan suhbat paytida ma`lum qilgan.

Azertag nashri xabariga ko'ra, 17 noyabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari ushbu davlat prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan. Tomonlar iqtisodiy-savdo munosabatlarni rivojlantirish, madaniy va ijtimoiy sohadagi hamkorlik masalalarni muhokama etishgan.

Xabarda aytilishicha, Alisher Sultonov yangi foydalanishga topshirilgan Boku-Tbilisi-Kars temir yo'l loyihasi haqida so'z yuritib, «uning mintaqaviy ahamiyatiga to'xtalgan».

Prezident Ilhom Aliyev uchrashuv chog'ida ikki davlat o'rtasidagi energetika va transport munosabatlarini yanada yaxshilashga katta e`tibor qaratish zarurligini bildirgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik ishlari boshlangani haqida ma`lumot berilgan.

Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Jye Inning taklifiga binoan joriy yilning 22–25 noyabr kunlarida davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo'ladi. Shu yilning may oyida prezidentlik lavozimida ish boshlagan Koreya rahbari o'tgan haftada, seshanba kuni ilk xorijiy hamkasbini mamlakat poytaxtida kutib olgandi. AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifidan so'ng, O'zbekiston rahbari Janubiy Koreyaga borishi tarixiy voqealikka aylanishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика