У нас есть только
оригинальные песни

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy insonlari o‘nligiga kirdi

calendar 24.04.2016
2265

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Sunday Times jurnali versiyasiga ko‘ra Buyuk Britaniyaning eng davlatmand insonlari o‘nligiga kirdi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

UMS Holdings asoschisi, “Arsenal” futbol jamoasining asosiy aksiyadorlaridan biri bo‘lgan tijoratchining boyligi 7,58 milliard funt sterlingga (10,92 milliard dollar) baholandi.

Birlashgan Qirollikning eng badavlat insonlari deb hind aslli developerlar, 13,1 milliard funt sterling (18,88 milliard dollar) mablag‘ga ega Devid va Saymon Rubenlar topildi.

Warner Music xo‘jayini, asli ukrainalik tijoratchi Leonard Blavatnik 11,59 milliard funt sterling (16,63 milliard dollar) ko‘rsatkich bilan musiqiy sohaning eng boy odami sifatida tan olindi.

Ro‘yxatga, shuningdek, xonanda Adel (122 million dollar), aktyor Deniel Redkliff (106,5 million dollar), Devid va Viktoriya Bekxem (402 million dollar), aktyor Sasha Baron Koen (150 million dollar) kirdi.

Яндекс.Метрика