У нас есть только
оригинальные песни

Alisher Usmonov Hindiston bozoriga investitsiyalar hajmini ko'paytirmoqda

calendar 29.12.2015
1043

                  

Rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida o'zining investitsion rejalari haqida so'zlab berdi. Uning aytishicha, u Xitoyga kiritayotgan sarmoyalarini kamaytirmaydi va shu bilan birga Hindiston aktivlariga investitsiya hajmini oshiradi. 

“Bizning xitoy aktivlariga investitsiyalarimizni shartli ravishda strategik va moliyaviyga bo'lish mumkin. Misol uchun, biz smartfon ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi yaratilayotganda unga katta investitsiyalar qilganmiz. Hozirda bu kompaniya Xitoyda 1-raqamli ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Yana bitta kompaniya – JD.com savdo internet-maydoni. Biz bu kompaniyaga ham jiddiy investitsiyalar qilganmiz. Ular bir necha barobarga ko'paydi. Mana shular bizning strategik investitsiyalarimizdir”, deb aytmoqda Usmonov.

Tadbirkor xitoy va hind investitsiyalarining muvaffaqiyatiga ishonishini aytdi.

“Alibaba internet-riteyler bu moliyaviy investitsiyadir, chunki biz bu kompaniyadan katta darajada chiqqanmiz. Biz dastlabki sarmoyalarimizni 5-6 marta ko'paytirib oldik. Shu bilan birga biz hind bozoriga sinov investitsiyalarini kiritmoqdamiz. Biz bu bozor va iqtisodiyotlarning o'sishiga ishonamiz. Ishonchim komilki, bu loyihalarimizda bizni  muvaffaqiyat kutmoqda”, deb qo'shimcha qildi Usmonov.

Яндекс.Метрика