У нас есть только
оригинальные песни

Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan

calendar 14.10.2017
3510

O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasiga ehtimoliy ijaraga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy samolyoti sifatida uzoq masofaga reyslar uchun foydalanishga samolyotlarning bir necha variantlarini qidirish va tanlab olish vazifasi topshirildi, deb xabar bermoqda Uzairways.

Shinamlik, xavfsizlik va texnik tayyorgarlik jihatidan GlobalJet operatori tomonidan taklif etilgan Airbus 340 M-IABU samolyoti tanlandi.

Qayd etilishicha, milliy aviakompaniya havo kemasi egasi bo'lgan Klaret Aviation Limited kompaniyasi bilan tijorat shartlarida amaldagi bozor narxlari bo'yicha ijara shartnomasini imzolagan.

«O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi O'zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Alisher Burxonovich Usmonovga yuqorida ko'rsatilgan shartnomaga ko'ra O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan foydalanish uchun Airbus 340 M-IABU samolyotini ijaraga berishga rozi bo'lgani va tezkor taqdim etishga tayyorligi uchun minnatdorlik izhor etgan.

Яндекс.Метрика