Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi

O‘zbekistonga kelib ketayotgan samolyotlarni kuzatadigan "Telegram"dagi "AviaSpotter" kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunlarda "Toshkent" xalqaro aeroportiga dunyoning turli oligarxlariga qarashli shaxsiy va tijoriy aviajetlar serqatnov bo‘lib qolgan.

"Turon24" AA bergan axborotga ko‘ra, bu milliarder Alisher Usmonovning bugun, 9-sentabr kuni Toshkentda nishonlanadigan tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

7-sentabrdan boshlab Toshkentga turli rusumdagi samolyotlar charter reyslar bilan kirib kelmoqda. Alisher Usmonovning "Bourkhan" avialayneri ham shu kuni Sochidan uchib kelib, poytaxtga qo‘ngan. Shuningdek, Toshkentga turli nufuzli futbol klublaridan vakillar tashrif buyurmoqda. Xususan, "Vnukovo" aeroportidan SSKA prezidenti Yevgeniy Giner uchib kelgan. Bundan tashqari, "GainJet Aviation"ga qarashli Angliyaning "Manchester Siti", "Tottenxem", Portugaliyadan "Benfika" klublariga xizmat ko‘rsatadigan VIP konfiguratsiyali "Boeing 737-23N" samolyoti ham O‘zbekistonga yetib keldi.

Rossiyalik biznesmen, "Magnitogorsk metallurgiya kombinati" direktorlar kengashi raisi va strategik rejalashtirish qo‘mitasi raisi Viktor Rashnikovning shaxsiy "Bombardier golfstream G650" samolyoti ham 8 sentyabr kuni Toshkentga qo‘ngan.

Hozirgacha 15 ga yaqin shaxsiy va tijoriy aviajet Rossiya va Yevropadan "Toshkent" xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-avgustdagi farmoni bilan Rossiyaning "USM Holding" aksionerlik jamiyati ta’sischisi Alisher Usmonov "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan edi.


Комментарии (1) | Добавить: 09.09.2018
1. Bukhara0007 (09.09.2018 14:31)
Asalomu alleykum uzbegiston ahliga Alisher Usmonov Burkhonovich tugulgan ayomlari bn chin yurakdan tabriklaymiz bundanda kupro yoshlarga kirsinla oloh jonlarini salomat qisin omadlarini bersin
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi