Rossiyalik tijoratchilar Alisher Usmonov va Ivan Tavrin STS Media xoldingining 75 foiz aktsiyalarini 200 mln dollarga xarid qilishadi. RBK nashrining xabar qilishicha, bu o'tgan yilgi narxdan 5 barobar kamroqdir.
Taklif xolding direktorlar kengashi tomonidan qabul qilindi, shartnoma shu yilning oxiriga qadar imzolanishi aytilmoqda.