У нас есть только
оригинальные песни

Alisher Uzoqov Еvro 2016 o'yinlarini sharhlaydi

calendar 09.06.2016
2702

Aktyor, futbolchi, umuman san'atning turli sohalarida o'zini sinashga ulgurgan Alisher Uzoqov UzReport TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilinadigan Еvro 2016 o'yinlarini sharhlaydi.

Alisher Uzoqov tomonidan sharhlanadigan har bir o'yin namoyishi o'zgacha o'tishi kutilmoqda. Demak, azizlar sevimli terma jamoangiz ishtirokidagi o'yinni aktyor va futbolchi Alisher Uzoqov sharhlovi ostida tomosha qilish imkoniga egasiz. Eslatib o'tamiz, Alsher Uzoqov «Arsenál» futbol klubining ishqibozi.

Еvro 2016 o'yinlari 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha Frantsiyada bo'lib o'tadi. Mazkur Еvropa chempionati, UЕFA tomonidan Еvropa mamlakatlari terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan asosiy futbol musobaqasi hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, UzReport TV telekanali Еvro 2016  o'yinlarini O'zbekiston Respublikasi hududida translyatsiya qilish bo'yicha litsenzion huquqning yagona egasidir.

Яндекс.Метрика