Alloh muhabbatiga erishtiruvchi 10 ta amal

Allohning muhabbatiga erishish eng oliy baxt. Bu fikrni har tomonlama isbotlasa bo'ladi. Inson insonning muhabbatini qozonsa, qanchalik mehrga, yaxshilikka erishadi. Alloh muhabbatini qozonish esa, bundanda ulkan baxtga, saodatga olib boradi. Nafaqat bu dunyoda, balki abadiylik makoni oxiratda ham.

Xo'sh, qanday amallar kishini Alloh muhabbatiga erishtiradi. Muslim.uz saytida keltirilgan maqolada bu haqda so'z boradi.

1. Qur`oni Karimni, uning ma`nolarini tadabbur qilib qiroat qilish. Ya`ni, kalomullohning har bir oyatini tushungan holda, ularning zamirida yotgan ma`nolarni tafakkur etib, tilovat qilish.

2. Farz ibodatlarni ado qilish bilan birga nafllarni ham qilib borish! Alloh taolo hadisi qudsiyda nafllarni qilib yurgan bandasini yaxshi ko'rib qolishini aytgan.

3. Allohning zikrini doim til, qalb, amal va hol bilan qilib borish! Ya`ni, Alloh tomonidan buyurilgan amallarni ham jismoniy, ham ruhiy tomondan amalga oshirish zarur. Ana shunda inson tashqi va ichki tomondan mutanosib ixlosga erishadi.

4. Oxirat ishini har qanday dunyo ishidan ustun qo'yish! Oxirat ishi nima, bu – Allohning farzlarini qilish va uning qaytariqlaridan qaytishdir.

5. Allohning ismlari, sifatlari haqida o'ylab, ular to'g'risida tafakkur qilish! Allohning 99 ism va sifati mavjud. Ularning har birida ulkan ma`no va hayot hikmati yashirin. Ana shular haqida tafakkur qilish ham Yaratgan muhabbatiga olib boradi.

Yana quyidagi amallar Allohning bandasiga muhabbat qo'yishiga sabab bo'lar ekan:

6. Alloh taoloning marhamatlari, zohiriy va botiniy ne`matlari, ehsonlari haqida o'ylash, ularni his qilish!

7. Uning huzurida siniqlik, xorlik, muhtojlikni his etish!

8. Kechaning oxirgi qismida xoli qolish, ibodat, Qur`on tilovati va tavba-istig'for bilan bedor bo'lish!

9. Solihlar, muhiblar, sodiqlar va oriflar bilan birga o'tirib, ularning hikmatlaridan bahramand bo'lish!

10. Alloh azza va jalla bilan banda o'rtasiga to'siq bo'ladigan har qanday gunohlardan tiyilish!


Комментарии (0) | Добавить: 10.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi
Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so'ng o'g'illari bilan jurnalda chiqish qildi
Bir yillik tonirovka uchun bir yil ishlab pul topish kerak-mi?
Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi
Instagram’da yangi funksiya paydo bo'ldi
O‘zbekiston narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib oladi
Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi
O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish boshlanadi
Lionel Messi «Barselona»ga yangi o‘yinchi topdi
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma`lum qilindi
“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi
«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo'ldi
Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi
Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi
Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi
O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni O'zbekistonga olib kirish uchun boj to'lovi o'zgardi
O‘zbekistonda jamoat transportida videoregistrator majburiy tartibda o‘rnatiladi
O'zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Shahrisabz shahrida 1000 kishilik amfiteatr o'rnatiladi
GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi
O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor
Eden Azar “Real” bilan kelishuvga erishdi
Farzandi o'qituvchi bo'lishni istaydiganlar soni 3 foiz. Yig'ilishda bu vaziyat keskin tanqid qilindi
Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?
Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda