У нас есть только
оригинальные песни

Almazbek Atambayev Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi

calendar 24.12.2016
1423

24-dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti, Samarqand shahriga ishchi tashrif bilan kelgan Almazbek Atambayev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Qirg‘iziston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan birga Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari Islom Karimovning qabriga gullar qo‘ydi.

Яндекс.Метрика