Almazbek Atamboyev nega Nursulton Nazarboyev va Qozog'istonni keskin tanqid qilishga o'tdi?

Qirg'iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev 7 oktabr kuni o'tkazilgan davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimida yana bir bor qo'shni Qozog'iston mamlakati va prezident Nursulton Nazarboyev faoliyatini tanqid qildi. Mamlakat rahbari rasmiy Ostonani 15 oktabr kuni Qirg'izistonda o'tkaziladigan prezidentlik saylovlari jarayoniga aralashishda ayblagan. O'z o'rnida Qozog'iston TIV rasmiy bayonot va protest xati bilan chiqib, «prezidentning ushbu so'zlari yo'l qo'yib bo'lmas» haqoratga aylanib borayotganini bildirdi.

Bu voqealar rivojini kuzatib borayotgan qozoq-qirg'iz ziyolilar jamiyati ham ijtimoiy tarmoqlarda o'z fikrini bildirib bormoqda. Masalan, mashhur qozog'istonlik blogger Ulan Shamshet «hech bo'lmaganda, qirg'izlarda «saylov»​lar bor»​ligini ta`kidlagan. Shuningdek, u Almazbek Atamboyevning so'zlarida, qanchadir miqdorda haqiqat borligiga shubha qilmasligini yozadi.

Muhokama maydoniga Olmaota shahrida joylashgan Xalqaro biznes akademiyasi professori Valixon Tuleshov ham qo'shildi.

«Atamboyevning nutqiga e`tibor qilsak, unda ikki prezident o'rtasida shaxsiy munosabatlardagi darz ketishlarga guvoh bo'lamiz. Almazbek uchun Nazarboyev 1989 yildan beri yuqori lavozimni egallab o'tirgan amaldor, Nursultonning qarashi bo'yicha Atamboyev Qirg'izistonning u ko'rgan to'rtinchi prezidenti hisoblanadi»​, deydi u.

Qozog'istonlik siyosatshunos Marat Shibutov Atamboyev so'nggi ikki yil davomida o'zini erkin tutayotgani, xohlagancha ayblovlarni e`lon qilayotganiga urg'u qaratgan. «Bu esa xalqaro munosabatlar maydonida ijobiy vaziyatni yaratmaydi», degan u.

«U saylovdan keyingi vaziyatdan xavotirda bo'lishi tayin: Atamboyevning jinoiy javobgarlikka tortilib ketishi hech gap emas. Shuning uchun, prezidentlikka nomzodini qo'ygan Sooronbay Jyeenbekovni qo'llab-quvvatlash fonida boshqa nomzodlarni obro'sizlantirishga urinmoqda»​, degan Shibutov.

Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki yil davomida Qirg'iziston Respublikasi prezidenti haqiqiy diplomatlarga xos bo'lgan axloq qoidalaridan yiroqlashib, 4 marta qo'pol nutq odobini namoyish etgandi. Shuningdek, Nursulton Nazarboyevning prezidentlikka nomzod Babanov bilan uchrashgani uning keyingi tanqidlariga sabab bo'lmoqda.


Комментарии (1) | Добавить: 09.10.2017
1. Sultonbek (19.10.2017 22:38)
har-kim o'zini bilsinda nima ishi bor.
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

«Arsenal» yana ochko yo'qotdi
Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo'lish, karshering va ijara
Aeroporti yo'q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Megalomaniya buyuklikka intilgan telbalar kasalligimi?
10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Go'zallik sirlari haqida nimalarni bilasiz?
Ukraina oylik maosh eng kam Yevropa mamlakatlari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda
Suvning hayot, salomatlik, go'zallik va ozish uchun foydasi
Butun dunyoda yiliga qancha pora berilishi hisoblab chiqildi
Toshkent shahar IIBB boshlig'i shaxsiy tarkibni ko'rikdan o'tkazdi
AQSh Rossiya va Xitoyga urushni boy berishi mumkin
O‘zbekiston ilk bor 10 tonna asal eksport qildi
«Bunyodkor» murabbiyi nega o'zini o'ldirdi?
Bugun Nobel mukofotlari o'z egalariga topshiriladi
Toshkent shahri hududi Qibray, Zangiota va boshqa tumanlar hisobidan kengaytirilishi mumkin
Windows uchun aniqlab bo'lmaydigan virus dasturi yaratildi
Suriyada Su-30 samolyoti aqlbovar qilmas manyovr bajardi (video)
Kompyuter sichqonchasi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
YOSHLAR.COM 7 YOSHDA!!!
Putin Rossiyadagi dopingga aloqadormi?
Qishda nimalar iste'mol qilishingiz kerakligini bilasizmi?
Andijonda 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi
Iroq bosh vaziri IShID nimaning evaziga mag'lub etilganini aytdi
Surxondaryolik firibgar rahbarlar davlatga iqtisodiy zarar keltirishgani aniqlandi
Afv etishning amnistiyadan farqli jihatlari nima?
Da Vinchining 450 mln dollarlik suratini kim xarid qilgani ma`lum bo'ldi
Prezident qishloq xo'jaligi xodimlarini bayram bilan qutladi
Prezident aholini kartoshka bilan to'la ta`minlash masalasi haqida gapirdi
Meksikada yangi Chevrolet Aveo taqdim qilindi
«Yandeks» o'zining karshering xizmatini ishga tushiradi