У нас есть только
оригинальные песни

“Aloqabank” bir plastik kartadan ikkinchi kartaga pul o‘tkazish xizmatini ishga tushirdi

calendar 08.01.2016
1605

“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki plastik karta egalari uchun yangi xizmatni ishga tushirganini e’lon qildi. Endilikda bir plastik kartadan ikkinchi kartaga pul o‘tkazish imkoniyati (P2P) yaratildi. Bu Uzcard dasturi va my.uzcard.uz shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Foydalanuvchilar oddiy pul o‘tkazish shaklini to‘ldirishi, ya’ni to‘lovni qabul qilib oluvchining kartasi raqami va o‘tkaziladigan summani kiritishi kifoya. Foydalanuvchilar uchun xizmat narxi muvaffaqiyatli kechgan har bir o‘tkazma summasining 2 foizi miqdorida belgilanadi.

Ushbu servis bo‘yicha bir oy ichida 1 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hajmda pul o‘tkazish mumkin. Ayni paytda P2P xizmati faqat “Aloqabank” mijozlari uchun mavjud.

Яндекс.Метрика